Amerika ovozi: Prezidentlikka virtual nomzodlar huquq va qonun ustuvorligi haqida nima deydi?

Nomzodlar.02
Huquq va qonun
Navbahor Imamova

O’zbekistonda 29-mart kuni o’tadigan prezident saylovlariga parallel ravishda virtual saylov ham o’tkazilmoqda. G’arbdagi muxolifatchilar tashabbusi bilan boshlangan bu jarayon — demokratik mashq.

O’zbekistonda tub ma’noda muxolifatga yo’l berilmas ekan, saylovlarda amaldagi siyosatdan norozi taraflar ishtirok etmas ekan, virtual O’zbekistonda virtual poyga olib borishdan zarar yo’q, deydi kuzatuvchilar.

Internetdagi saylovda o’z nomzodini qo’yganlar bu real tanlov emasligini biladi. Lekin, deydi bu da’vogarlar, bu tashabbus O’zbekiston jamoatchiligiga muqobil qarashlardan darak beradi. O’zbekiston jamiyati namoyandalari o’z g’oya va fikrlarini olg’a surib, o’zaro munozara olib bormoqda, yurt kelajagini muhokama qilmoqda.

Virtual ovoz berish 1-martdan 29-martgacha davom etadi. Tashkilotchilar deydiki, O’zbekiston xalqi shaffof va adolatli saylovlar o’tkazishni o’rganishi kerak. Mamlakat tarixida hali bunday jarayon qayd etilmagan.

“Amerika Ovozi” nomzodlar bilan birma-bir muloqot qilib, ularning muayyan masalalarga nisbatan munosabatini o’rganish niyatida. Siyosat, iqtisod, jamiyat hayotining jamiki jabhalari bilan bog’liq mavzular haqida bu shaxslarning so’zlarini hech qanday sharhsiz, shundayligicha beramiz.

Birinchi suhbatimiz inson huquqlari va qonun ustuvorligi xususida bo’lib, bu boradagi savollarimizni shu sohada faoliyat yuritib kelayotgan ikki nomzodga berdik: Mirrahmat Mo’minov va Mohira Ortiqova.

Bu insonlar siyosiy bosim ostida vatanni tark etib, bugungi kunda Amerika Qo’shma Shtatlarida qochqin maqomi bilan kun kechiradi. Har ikkisi oliy ma’lumotli, Toshkentdagi nufuzli oliygohlarni bitirgan, o’zini O’zbekistonning jonkuyar farzandi deb biladi.

Jamiyat taraqqiy etishi uchun erkinlik va adolat suvdek zarur. Buning uchun esa qonun ustuvorligiga erishish lozim. Fuqaro nafaqat o’z haqqi balki burch va mas’uliyatini ham his etishi va uni amalda isbotlashi kerak. Oshkoralik ta’minlanishi shart.

Xo’sh, O’zbekistonda bunga qanday erishish mumkin?

Mirrahmat Mo'minov, prezidentlikka virtual nomzod
Mirrahmat Mo’minov, prezidentlikka virtual nomzod
Nomzodlar.02Ohayo shtatida yashaydigan Mirrahmat Mo’minov fikricha, avvalo bosh qomusni hurmat qilishimiz kerak. Dunyo tajribasidan saboq olgan holda, mavjud tizimlarni isloh qilish zarur.
Mohira Ortiqova, prezidentlikka virtual nomzod
Mohira Ortiqova, prezidentlikka virtual nomzod
Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Mohira Ortiqova fikricha tub masalalarni yechishda fuqaro jamiyatining roli beqiyos. Shuningdek, deydi u, adliya mustaqil bo’lishi kerak. 

Marhamat, tinglang: 

Huquq va qonun ustuvorligi: Prezidentlikka virtual nomzodlar nima deydi? Navbahor Imamova

Тавсия этинг / Поделиться / Share:
  • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
  • Facebook
  • Twitter
  • Blogger
  • email
  • PDF
  • Print
  • RSS
  • Одноклассники
  • Add to favorites
  • В закладки Google
  • LiveJournal
  • Мой Мир
  • Related Posts

    Диктатор Ислом Каримовдан қолган мерос – Маъмурий ҳуқуқбузарлик сиёсий қатағон қуроли (Мақола № 1)
    • Iyun 26, 2019

    Ўзбекистон Республикаси Олий суди раисига Жиноят ишлари бўйича Хоразм вилоят суди раисига Жиноят ишлари бўйича Урганч туман суди раисига “Ўтюраклар Клуби” инсонҳуқуқларини ҳимоя қилиш халқаро ташкилоти Президенти Мўътабар Тожибоевадан ТАКРОРИЙ МУРОЖААТНОМА…

    Тавсия этинг / Поделиться / Share:
    • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
    • Facebook
    • Twitter
    • Blogger
    • email
    • PDF
    • Print
    • RSS
    • Одноклассники
    • Add to favorites
    • В закладки Google
    • LiveJournal
    • Мой Мир

    Continue reading
    Тошкент вилояти, Қуйичирчиқ туманидаги “Baliqchi” Акционерлик Жамияти раҳбари Абдураҳим Пирвалиев қамоққа олинди
    • Fevral 2, 2019

    Ишончли манбааларга кўра, 2018 йил 01 февраль куни тушдан кейин соат 15:00 ларда Тошкент вилояти прокуратурасининг уюшган жиноятчилик ва коррупцияга қарши курашиш бўлими томонидан Қуйичирчиқ тумани Қўрғонча посёлкасида фаолият кўрсатиб…

    Тавсия этинг / Поделиться / Share:
    • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
    • Facebook
    • Twitter
    • Blogger
    • email
    • PDF
    • Print
    • RSS
    • Одноклассники
    • Add to favorites
    • В закладки Google
    • LiveJournal
    • Мой Мир

    Continue reading