Amerika ovozi: G’anixon Mamatxonovga qarshi yangi jinoiy ish

ййй
Qamoqdan chiqishi kutilayotgan huquq himoyachisi G’anixon Mamatxonovga nisbatan yangi jinoiy ish ochilgan, ayrim xabarlarga ko’ra, unga uch yil jazo muddati qo’shib berilgan.

Qiynoq qurbonlarini qo’llab-quvvatlash xalqaro kuni munosabati bilan targ’ibot ishlari boshlagan xorijdagi o’zbek faollari Mamatxonov taqdiri yuzasidan bayonot tarqatgan.

O’zbekistondagi siyosiy mahbuslar taqdiri, qiynoq qurbonlarini xotirlayotgan kampaniya qiynoq uchun javobgarlikni kuchaytirish, jamoatchilik e’tiborini O’zbekistondagi ayanchli vaziyatga qaratishni maqsad qiladi.

G’anixon Mamatxonovga 2014-yilda qo’shib berilgan jazo muddati 2016-yilda tugashi, 65 yoshli huquq himoyachisi ozodlikka chiqishi kutilayotgan edi.

Mamatxonovning qarindoshlariga qamoqxona ma’muriyati yetkazgan xatga ko’raб huquq himoyachisiga nisbatan ichki tartibni buzish aybi bilan yangi jinoiy ish ochilgan.

Huquq himoyachisi Mo’tabar Tojiboyevaning aytishicha, hozircha tergov ishlari ketmoqda, Mamatxonovga jazo muddati qo’shib berilishi ehtimoli katta.

“Qamoqxona ma’muriyatidan kelgan xatda jinoiy ish ochilgani, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida gap boradi. Men Mamatxonovning o’g’li bilan bugun gaplashdim. Hozir uning o’zi Kattaqo’rg’ondagi qamoqxonaga ko’chirilgan”, – deydi u.

Biroz avval Qiynoq qurbonlarini qo’llab-qo’llash xalqaro kuni – 26-iyun munosabati bilan xorijdagi o’zbek faollari qiynoqlarga qarshi kampaniya boshlaganini e’lon qilgan edi.

Buning doirasida O’zbekistondagi qiynoq qurbonlari xotirlanmoqda, qiynoq ko’rsatganlarni javobgarlikka tortish, garovda qolayotgan siyosiy mahbuslar taqdiriga diqqat qaratish talab qilinmoqda.

Mamatxonov taqdiriga oid xavotirli ma’lumotlar paydo bo’lishi ortidan faollar bayonot bilan chiqishgan.

Tashabbuschilaridan biri bo’lgan Tojiboyeva deydiki, huquq himoyachisini uchinchi bor jazolayotgan hukumat xalqaro me’yorlarni pisand qilmasligini ochiq namoyon etmoqda.

“Biz qiynoq ko’rsatishda bevosita ishtirok etgan kishilar, shuningdek qiynoqqa to’sqinlik qilmagan amaldorlarning ro’yxatlarini, qiynoq tufayli o’lganlar, qurbonlar haqida jamoatchilikka batafsil ma’lumot taqdim etmoqchimiz. Kompaniya davomida Mamatxonov haqidagi tashvishli xabar paydo bo’ldi, biz O’zbekistondagi siyosiy mahbuslar taqdiriga oid vaziyat yuzasidan ham jamoatchilikka alohida ma’lumot beramiz”, – deydi u.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati ma’lumotiga ko’ra, Mamatxonovning turmush o’rtog’i Arofatxon Mamatxonova og’ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

O’zbekistonda siyosiy mahbuslarga jazo muddati qo’shib berilishi deyarli odatiy holga aylangan, muddatini o’tab bo’lgan faollarning qamoqdan ozod etilishi turli darajadagi diplomatik muzokaralar natijasidan so’ng kuzatiladi.

“Inson huquqlari bilan bog’liq bugungi ayanchli vaziyatga nafaqat hukumat, bu hukumatni qo’llayotgan G’arb diplomatiyasi, balki xalqaro miqyosdagi inson huquqlari institutlarining befarqligi ham sabab bo’lmoqda”, – deydi Tojiboyeva.

Huquq faollari siyosiy mahbuslar hukumat tomonidan garovda ushlab kelinayotgani, mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat xalqaro hamjamiyatning keskin bosimiga muhtojligini ta’kidlab kelishadi.

iyun 29, 2016

http://www.amerikaovozi.com/a/torture-in-uzbekistan-ghanikhon-mamatkhonov/3395625.html

Тавсия этинг / Поделиться / Share:
  • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
  • Facebook
  • Twitter
  • Blogger
  • email
  • PDF
  • Print
  • RSS
  • Одноклассники
  • Add to favorites
  • В закладки Google
  • LiveJournal
  • Мой Мир

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.