O‘zbek muxolifatchilari Yevropada “Tug’yon” radiosiga asos soldi

radio-thumbnail

Ulug‘bek Bakirov bilan suhbat

Yevropa Ittifoqida “O‘tyuraklar klubi” inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti hamda “Muqobil O‘zbekiston” muvofiqlashtirish kengashining qo‘shma loyihasi bo‘lgan yangi “Tug’yon” onlayn-radiosi 16 yanvardan o‘z ishini boshladi.

Radioning birinchi eshittirishi bundan 24 yil avval Toshkentda bo‘lib o‘tgan fojeali voqealarga bag‘ishlandi. 1992 yilning 16 yanvarida Toshkentda talabalarning non narxi oshganiga qarshi norozilik chiqishi qonli namoyishlarga aylanib ketgan edi.O‘shanda hukumat kuchlarining talabalarga qarata o‘t ochishi oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan.

Radio muharriri va boshlovchisi Ulug‘bek Bakirovning Ozodlik radiosiga aytishicha, “Tug’yon” radiosi eshittirishlari keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda asosan, fuqarolik jamiyati faollari, muxolifat namoyondalari, davlat va siyosat hamda jamoat va din arboblari, huquq himoyachilari, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, san’atkorlar va boshqa soha vakillari hamda oddiy radio tinglovchilar bilan suhbatlar uyushtiriladi.

“Tug’yon” onlayn-radiosi har haftada eng kamida ikki marotaba eshittirish tayyorlaydi. Bu eshittirishlarni “O‘tyuraklar klubi” hamda “Muqobil O‘zbekiston” muvofiqlashtirish kengashining veb-sahifalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali eshitish mumkin bo‘ladi.

“Tug’yon” radiosi haqida Ozodlikka Ulug‘bek Bakirov gapirib berdi.

http://www.ozodlik.org/content/article/27501069.html
Тавсия этинг / Поделиться / Share:
  • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
  • Facebook
  • Twitter
  • Blogger
  • email
  • PDF
  • Print
  • RSS
  • Одноклассники
  • Add to favorites
  • В закладки Google
  • LiveJournal
  • Мой Мир
  • Related Posts

    Қирғизистон – Марказий Осиёнинг эркинлик ва демократия диёри
    • Noyabr 27, 2017

    Мундарижа: Янги президентнинг қасамёди Қўшнилар Бир кунда икки қасамёд Бешинчи президент ва қирғиз демократияси Адолатсизликка бош эгмаган миллат Халқ овози Эркинлик – тараққиёт гарови Президент – подшоҳ эмас Ўзбекистондан кетаётган…

    Тавсия этинг / Поделиться / Share:
    • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
    • Facebook
    • Twitter
    • Blogger
    • email
    • PDF
    • Print
    • RSS
    • Одноклассники
    • Add to favorites
    • В закладки Google
    • LiveJournal
    • Мой Мир

    Continue reading
    Бугун сафдошимиз, фаоллар фаоли, журналист Улуғбек Бакиров таваллуд топган кун!
    • Sentabr 9, 2017

    Бугун, 9 сентябрь куни сафдошимиз, фаоллар фаоли, журналист, мухолифатчи, ҳуқуқ ҳимоячиси Улуғбек Бакиров таваллуд топган кун. Улуғбек Бакиров ўзининг 37 ёшини она ватандан, яқинларидан йироқда, олис Норвегия давлатида дўстлари, сафдошлари…

    Тавсия этинг / Поделиться / Share:
    • Добавить ВКонтакте заметку об этой странице
    • Facebook
    • Twitter
    • Blogger
    • email
    • PDF
    • Print
    • RSS
    • Одноклассники
    • Add to favorites
    • В закладки Google
    • LiveJournal
    • Мой Мир

    Continue reading