
O’zbekistonda uzoq yillar qishloq xo’jaligi sohasida ishlagan, suv inshootlari bo’yicha mutaxassis Hazratqul Xudoyberdi bugungi kunda Shvetsiyada yashaydi, siyosiy muhojir. Fuqaro jamiyati, inson huquqlari va erkinlik targ’ibotchisi. Vatanda 29-mart kuni o’tishi rejalangan prezident saylovlariga parallel ravishda tuzilgan virtual saylovda o’z nomzodini qo’ygan. Yevropadagi muhojirlar tomonidan boshlangan tashabbus – Virtual saylov komissiyasi – dunyoning turli davlatlarida yurgan o’zbekistonliklarga muqobil tanlov imkoniyatini berishni maqsad qilgan.